Fuqarolik va oila huquqi
Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2021- yil 14-oktabrdagi 62qq/68qq-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik va oila huquqi” fani o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Darslik litsey o‘quvchilarining xususiyatidan kelib chiqib yozilgan. Unda fuqarolik va oila huquqiga oid dastlabki ta’limotlar tushunarli, oddiy va sodda tartibda bayon qilingan. IIV akademik litsey o‘quvchilari va professor-o‘qituvchilari hamda fuqarolik va oila huquqiga qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.