Fuqarolik huquqi: muhim ma’lumotlar
Fuqarolik – shaxsning muayyan davlat bilan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasi; bu aloqa shaxs va davlatning o‘zaro huquq va majburiyarlarida ifodalanadi. Shaxs fuqarolikka ega bo‘lgach, davlat uning hamma huquq va erkinliklarini e’tirof etadi, ularning amalga oshishini ta’minlash choralarini ko‘radi.