Tizim haqida

Mazkur tizim “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi” doirasida test rejimida ishga tushirilgan.

“Yuridik kutubxona” elektron tizimidan ko‘zlangan asosiy maqsad  huquqiy axborotga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondirish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish, samarali boshqaruv, qonun ijodkorligi va huquqni muhofaza qilish faoliyatini ta’minlash, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishdan iborat. 

Mazkur maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:

1) yuridik adabiyotlarni sohalar kesimida (fuqarolik, mehnat, jinoyat va boshqa) elektron tanishish imkoniyatini ta’minlash;

2) Foydalanuvchilar elektron adabiyotlarni bepul ko‘chirib olish, foydalanish, nusxa ko‘chirish imkoniyatiga ega bo‘lish;

3) Aholiga yuridik yordam berishning sifat va tezkorligini oshirish;

4) Foydalanuvchilarga eng mashhur va so‘nggi huquqiy adabiyotlar va asarlari o‘qish imkoniyatini yaratish.

: / :