Xavfni boshqarish tizimi
Bojxona nazoratini amalga oshirishning shakl va usullarini tanlab o'tkazish, bunda xavf darajasi past bo'lgan, halol tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga qulay sharoitlar yaratish, bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarf bo'ladigan vaqtni keskin qisqartirish, korrupsiyani oldini olish maqsadida hozirgi kunda bojxona organlarida jahon amaliyotida qo'llanilayotgan xavfni boshqarish tizimi joriy etilmoqda. Bojxona nazoratini amalga oshirishda xavfni boshqarish tizimini qo'llash bojxona nazorati jarayonining ajralmas bir bo'lagidir.
Bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona xodimlari xavfni boshqarish tizimidan foydalana olishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Xavfni boshqarish tizimidan to'g'ri foydalanish esa tizimning ishlash prinsiplari va imkoniyatlarini yaxshi o'zlashtirishni, tizimda ishlash ko'nikmalarini shakllantirishni taqozo etadi.