Fuqarolik protsessual huquqi
Mazkur o‘quv qo‘llanmada “Fuqarolik protsessual huquqi” fanining sud hujjatlarini qayta tekshirish institutlari, ya’ni sud hujjatlarini apellatsiya, kassatsiya nazorat tartibida va yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta tekshirish tartibi, muddatlari va ishni sudda ko‘rish masalalari yoritilgan. Shuningdek, mazkur o‘quv qo‘llanma kursantlarni ushbu mavzular bo‘yicha mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quv qo‘llanmada har bir bobga oid nazorat savollari, kazuslar, ushbu fanga oid o‘qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati o‘z aksini topgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma nafaqat oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun, balki amaliyotchi va ilmiy xodimlar, shuningdek keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.