Bojxona organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyati
Mazkur darslik Bojxona qoʻmitasining huquqni muhofaza qilish faoliyati tuzilmasi va Bojxona instituti ixtisoslik kafedralari mutaxassis va professor-oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan boʻlib, unda bojxona organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyatining tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv yoʻnalishlari, xususan bojxona sohasidagi jinoyatlarni fosh etish, aniqlash va qarshi kurashish faoliyati, shuningdek sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablari yoritilgan.
Darslik oliy taʼlimning davlat standartlari talablariga mos keladi.
Bojxona qoʻmitasining Bojxona institutida “Bojxona ishi” yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan kursant va tinglovchilari, bojxona organlarining amaliyotchi xodimlari uchun moʻljallangan.