Uchastka saylov komissiyalarining maqomi
Mazkur ommabop risola O'zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi asosida tayyorlangan bo'lib, unda uchastka saylov komissiyasining xuquqiy maqomi, ular faoliyatining shakllari hamda kafolatlari bilan bog'liq masalalar o'z ifodasini topgan.
Risolada uchastka saylov komissiyalarining zimmasiga saylov jarayonida yuklatilgan vazifalarning ko'lami, ularni amalga oshirishning xuquqiy mexanizmi va ahamiyati yoritilgan.
Risola saylov jarayonini tashkil etish va uni o'tkazishda ishtirok etuvchi mutaxassislarga, siyosiy partiyalarning vakillari hamda saylov komissiyalarining a'zolari, shuningdek saylovchilarga mo'ljallangan.