O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining o'ziga xos xususiyatlari
Mazkur risolada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining o'ziga xos jihatlari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan. O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 12-bobida belgilangan huquqiy normalar asosida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining o'ziga xos xususiyatlari, ularning mazmun-mohiyati yoritib berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodga qo'yiladigan talablar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko'rsatish huquqi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan takdim etiladigan hujjatlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko'rsatish tartibi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish haqida fikrlar bayon etilgan.
Risolada qo'yilgan mavzu oddiy, sodda va xalqchil tilda tushuntirib berishga xarakat qilingan. Zamonaviy infografikalar asosida huquqiy normalarning mohiyati yoritib berilgan.
Risola keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.