Prezident saylovida siyosiy partiyalarning ishtiroki
Fuqarolarimizning siyosiy faolligini oshirish uchun saylov qonunchiligimiz, unga kiritilgan o'zgarish va qo'shimchalar, ularning mazmuni, shuningdek, saylov jarayonida eng faol subyekt hisoblanmish siyosiy partiyalar va ularning saylovlardagi ishtirokiga oid masalalarni o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu risola kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan bo'lib, unda siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari, ularning saylovlardagi ishtiroki va moliyaviy ta'minotiga oid masalalar yoritilgan.