Yer olish huquqingiz bor
Ushbu risolada yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan shaharsozlik, tadbirkorlik, qishloq xo'jaligi va yakka tartibda uy-joy qurish maqsadlarida olishning xuquqiy tartibi yoritilgan. Risola tadbirkorlik yoki boshqa maqsaddarda yer uchastkasi olish istagida bo'lgan shaxslarga bu borada respublikamizdagi mavjud amaliyot va tartib-tamoyillar xususida ma'lumot beradi.
Risola keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan bo'lib, undan risolada yoritilgan masalalarga qiziquvchi shaxslar ham foydalanishi mumkin. SHuningdek, risola yer qonunchiligi va yer xuquqi doirasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar uchun foydali manba hisoblanadi.