Bola uchun aliment undirish xuquqingiz bor
Ushbu risoladan oilaviy nizolardan biri bo'lgan bola ta'minoti bilan bog'liq nizolar, ularni vujudga keltiruvchi sabablar, bartaraf etish omillari, aliment huquqi va majburiyatlari, to'lash va undirish tartibi, shakllari, mavzuga doir nazariy va amaliy qoidalar haqidagi maslahat, ko'rsatma va eslatmalar o'rin olgan.
SHuningdek, aliment to'lash (undirish)ga oid sud va ijro ishini yuritish amaliyotida uchrayotgan muammolar hamda ularning yechimiga doir taklif va tavsiyalar, alimentga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-xuquqiy xujjatlar, talablarni sudga qadar va sudda hal qilishda ko'makchi bo'la oladigan prosessual hujjatlar namunalariga doir ma'lumotlar keltirilgan.
Ushbu risolada berilgan nazariy qoidalar va amaliy yechimlar aynan voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uchun aliment to'lash (undirish) masalalarini qamrab olgan.