Yuridik shaxslarning korrupsion huquqbuzarliklar uchun javobgarligini tartibga soluvchi xalqaro standartlar tizimi
Ushbu monografiya O'zbekiston Respublikasining Innovasion rivojlanish vazirligini PZ-20170928486-sonli “YUridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun javobgarligining huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi granti doirasida tayѐrlandi. O'quv qo'llanmasida anglo-sakson va roman-german (kontinental) huquq tizimiga kiruvchi mamlakatlar qonunchiligida yuridik shaxslarning korrupsion qilmishlar, huquqbuzarliklar uchun javobgarligini nazarda tutuvchi qonun hujjatlarning mazmun mohiyati va ahamiyati atroflicha tahlil etilgan. Shuningdek, ushbu huquq tizimi oilasiga kiruvchi davlatlarda yuridik shaxslarning korrupsion huquqbuzarliklar uchun javobgarligi masalasining nazariy va amaliy jihatlari, xorij davlatlarining qonunchiligida yuridik shaxslarning javobgarligi institutining xususiyatlarini o'rganish masalalari ѐritilgan.
Ushbu qo'llanmaning maqsadi – korrupsion qilmishlar, huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi tendensiyalari amerika, yevropa hamda osiѐ qit'asida joylashgan mamlakatlar misolida o'rganilib, yuridik shaxslar javobgarligi institutini O'zbekiston 3
Respublikasi milliy qonunchiligiga implementasiya (singdirish) masalalarida boshqa davlatlar ilg'or tajribasi namuna sifatida keltirilib o'tilgan.