Mediasiya jarayonida ziddiyatni hal etish
Risolada mediasiya jarayonida hal etiladigan ziddiyatning tushunchasi, uning asosiy jihatlari, sabablari va tuzilishi ko'rib chiqilgan, ziddiyatdagi pozisiya va manfaatlar tushunchasi va ahamiyati, ziddiyatning kuchayish ehtimoli bosqichlari tahlil qilingan, ziddiyatning ayrim turlari keltirilgan, ziddiyatda odamlar xulqining ayrim xususiyatlari, ularning mediator uchun ahamiyati yoritilgan.
Mediasiya bo'yicha malaka oshiruvchi o'quv kursi tinglovchilari uchun mo'ljallangan.