O'zbekiston davlati va jamiyati innovasion rivojlanishining huquqiy jihatlari
O'quv qo'llanmada mamlakatimizda davlat va jamiyatni modernizasiya qilishga yo'naltirilgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati, ustuvor vazifalari va asosiy yo'nalishlari ochib berilgan. Unda O'zbekistonning innovasion rivojlanishi bosqichida qonunchilik sohasidagi zamonaviy yangilanishlar, sud-huquqiy tizimdagi demokratik islohotlar, inson huquqlari va qonun ustuvorligini ta'minlash borasidagi izchil chora-tadbirlar hamda ularning samarasi tizimli tahlil etilgan.
Mazkur kitob huquqshunoslar, malaka oshiruvchi yurist amaliyotchilar, oliy o'quv yurtlarining talabalari, davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun mo'ljallangan.