Intellektual mulk huquqi: tovar belgilarining huquqiy muhofazasi
Mazkur o‘quv qo‘llanmada intellektual mulk huquqi doirasida tovar belgilarining huquqiy muhofazasi, tovar belgilarining vujudga kelish asoslari, uning muhofaza hujjati, tovar belgilarini muhofaza qilishning milliy va xalqaro-huquqiy asoslari, sohaga oid huquqbuzarliklar va javobgarlik bilan bog‘liq ayrim masalalar, ayniqsa, milliy qonunchilikni xalqaro normalarga moslashtirish yo‘llari bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar o‘z aksini topgan.
Qo‘llanma huquq yo‘nalishida taʼlim olayotgan talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar va intellektual mulk huquqi bilan qiziquvchi boshqalar uchun mo‘ljallangan.