Fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatishning huquqiy asoslari
Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanmada Yuristlar malakasini oshirish markazida fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro-huquqiy ѐrdam ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitiladigan o‘quv kursining asosiy mavzulari FPK, JPKdan olingan ko‘chirmalar ѐrdamida ham ѐritishgan harakat qilingan, shuningdek savollar va test savollari berilgan. Fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalikka zaxiraga olingan nomzodlar, shu jumladan sudyalar uchun ham mo‘ljallangan mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma amaliy mashg‘ulotlarni Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda yuridik oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari tomonidan o‘qitishning interfaol usullaridan samarali foydalangan holda qiziqarli o‘tkazishga ѐrdam beradi. Qo‘llanmadagi savollar hamda test savollari ѐrdamida har bir tinglovchi o‘quv kursi bo‘yicha bilim saviyasi hamda darajasini sinab ko‘radi va shu orqali o‘quv kursi bo‘yicha olgan bilimlarini yana-da mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.