Korrupsiya tushunchasi va unga qarshi kurashishga oid atamalar izohli lug‘ati
Ushbu ilmiy-amaliy qo‘llanma korrupsiya va unga qarshi kurashishga oid atamalar mazmunini sharhlashga bag‘ishlangan adabiyot hisoblanadi. Jamiyat-da mavjud har qanday korrupsiya holati iqtisodiy-maʼnaviy hayot uchun sal-biy oqibatlar keltirib chiqarishi bilan birga davlat rivojlanishi va uning dunyo hamjamiyatidagi mavqeiga ham salbiy taʼsir etadi. Korrupsiya atamasi jamiyat aʼzolari va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan juda ko‘p qo‘llaniladigan tushuncha hisoblanadi. Lekin fuqarolar ushbu atamani kunda-lik hayotda ko‘p ishlatsada, barcha uning mazmuni to‘g‘risida yetarli tushunchaga ega emas.
Bundan tashqari, qonunchilik hujjatlarida ham ushbu atamalar turlicha talqin qilinishini kuzatish mumkin. Bu holat ushbu atamalarni amaliyotda qo‘llashda turli munozaralarga sabab bo‘ladi.
Shu sababli mualliflar tomonidan qonun ijodkorligi nazariyasi va ama-liyotida foydalanish hamda aholi keng ommasini korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatida ishtirokini taʼminlashdagi faolligini oshirish uchun zarur bi-limlarini shakllantirish maqsadida korrupsiya va unga qarshi kurashishga oid atamalar mazmuniga bag‘ishlangan ushbu ilmiy-amaliy qo‘llanma tayyor-landi.