Maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishga oid masalalar to‘plami
O‘quv-amaliy qo‘llanmada maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchiligini qo‘llashga oid topshiriqlar, nazorat savollari, test topshiriqlari va amaliy masalalar keltirilgan.
Oliy yuridik taʼlim o‘quv muassasalari talabalari va kursantlari hamda yuridik sohaga oid malaka oshirish taʼlim muassasalari tinglovchilari uchun mo‘ljallangan.