Suvni tejash bo‘yicha subsidiyalar va preferensiyalar

Suvni tejash bo‘yicha subsidiyalar va preferensiyalar

0
  • 0 izohlar
  • 81 marta ko‘rildi

Ushbu qo'llanma suvni tejash bo'yicha davlat tomonidan beriladigan subsidiyalar va preferensiyalarga bag'ishlangan. Unda suvni tejaydigan sug'orish uslublari va texnologiyalarini qo'llashni hamda suv xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, suvdan va suv obyektlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlari, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish tizimini takomillashtirish yo'nalishlari bayon etilgan. Qo'llanmada qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etishga sarflagan xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi sodda va tushunarli tilda tushuntirilgan. Kitob fermer va dehqon xo'jaliklari, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar, suv xo'jaligi sohasi xodimlari, shuningdek, mavzuga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

Kitoblar sarlavhasi Suvni tejash bo‘yicha subsidiyalar va preferensiyalar
Muallif “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi
Qaysi tilda O‘zbek tilida
Qo‘shilgan sana 25.11.2026
Chop etilgan yili 2026
Sahifalar soni 30
Hajmi 0
Reyting 0
Janrlar

Ekologiya va yer huquqi

    Hech nima topilmadi.
: / :