Umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘yiladigan sanitar gigiyena talablari va ularning ustidan davlat nazorati
Mazkur qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlari va qonunosti hujjatlariga asosan barcha umumiy ovqatlanish korxonalari (restoranlar, kafelar, kafeteriylar, oshxonalar, choyxonalar, barlar, tez ovqatlanish punktlari, keytering xizmati va boshqalar) tomonidan rioya qilinishi lozim bo‘lgan sanitariya-gigiyena talablari (0027-22-son SanQvaN) hamda ularga rioya etilishini davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar tomonidan nazorat qilinishiga oid tartibni sodda va ravon tilda tushuntirishga qaratilgan. Qo‘llanmada mazkur tartibning huquqiy asoslari va tartib-taomillari aniq bayon etilgan. Ushbu qo‘llanma tavsiyaviy xususiyatga ega.