Jinoyat qonunchiligi normalarini qo‘llashga oid masalalar to‘plami

Jinoyat qonunchiligi normalarini qo‘llashga oid masalalar to‘plami

0
  • 0 izohlar
  • 758 marta ko‘rildi

O‘quv-amaliy qo‘llanmada Jinoyat kodeksi Umumiy va Maxsus qism normalarini qo‘llash amaliѐtini inobatga olgan xolda jinoyat qonunchiligi normalarini qo‘llashga oid topshiriq, muammoli savollar va masalalar keltirilgan. O‘quv amaliy qo‘llanmadagi har bir mavzular boshida keltirilgan savollar va topshiriqlar majmui Jinoyat kodeksi bo‘limlaridagi eng yechimi qiyin, munozarali ѐxud murakkab muommali masalalarni to‘g‘ri qo‘llashga ѐrdam berishga yo‘naltirilgan. Qo‘llanmada keltirilgan deyarli har bir masalalarni yechimini topish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorlarini chuqur o‘rganishni talab etadi. Nazariy mazmundagi savollarni yechimini topish uchun ham qo‘llanma yakunida keltirilgan tegishli o‘quv va maxsus adabiѐtlarga murojaat qilishni talab etadi. Qo‘llanmadagi aksariat munozarali masalalar sud amaliѐtidan olingan aniq misollar asosida tayѐrlangan. Har bir mavzuning yakunida turli munozarali savollar keltirilgan bo‘lib, ularga tinglovchi ѐzma javob berishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ayrim holatlarda oraliq savollar ham keltirilgan bo‘lib, ularning yechimi mavzu bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarishga ѐrdam beradi. Masalalarga javob berishda amaldagi jinoyat qonuni normalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorlariga va sud amaliѐtiga asoslanishi lozim. O‘quv-amaliy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Umumiy va Maxsus qismlari bo‘limlari tuzilishlari ko‘rinishiga ega. Ushbu qo‘llanma amaldagi jinoyat, jinoyat-protsessual qonunchiligi xamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi qarorlarida aks ettirilgan rahbariy ko‘rsatmalar asosida tayѐrlangan.

Kitoblar sarlavhasi Jinoyat qonunchiligi normalarini qo‘llashga oid masalalar to‘plami
Muallif F.E.Muxamedov, G‘.A.Alimov, R.R.Shakurov, A.A.Rasulev
Qaysi tilda O‘zbek tilida
Qo‘shilgan sana 23.08.2023
Chop etilgan yili 2019
Sahifalar soni 301
Hajmi 0
Reyting 0
Janrlar

Jinoyat huquqi

    Hech nima topilmadi.
: / :