Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish uslubiy qo‘llanma
Mazkur qo‘llanma davlat ta’lim standartlari va talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini sodda va ravon tilda tushuntirishga qaratilgan. Qo‘llanmada ta’lim jarayonida davlat ta’lim standartlari va talablarining o‘rni, ularni ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish, shuningdek ularning samaradorligini monitoring qilish va takomillashtirib borishga oid asosiy ko‘rsatmalar qamrab olingan.
Ushbu qo‘llanma ta’lim sohasidagi davlat xizmatchilari, ta’lim tashkilotlari xodimlari, pedagoglar hamda keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan. Ushbu uslubiy qo‘llanma tavsiyaviy xususiyatga ega.