Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun sohaga oid qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy qoʼllanma
Ushbu qoʼllanma Jurnalistlar va davlat xizmatchilarining ommaviy axborot vositalari bilan oʼzaro munosabatlari, huquqiy targʼibotni amalga oshirishning yangicha yondashuvlari haqida maʼlumotlar beradi.
Qoʼllanma maqsadi: Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarida davlat organlari faoliyatining ochiqligi, oshkoraligi va hisobdorligi madaniyatini shakllantirishga koʼmaklashish, voqea-hodisalarga tezkor munosabat bildirishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik masalalari, davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, fuqarolarning muammolari va soʼrovlariga tezkor javob berish usullarini tavsiya etish, davlat xizmatchilarining jamoatchilik bilan tizimli muloqot oʼrnatishi, ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilishda qoidalarga rioya qilish, axborot xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, davlat xizmati imijini yaxshilashdir.