"Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun sohaga oid qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy qo‘llanma” nomli yangi elektron qo‘llanma rasmiy veb-saytimizga joylashtirildi.

Ushbu qo‘llanma ommaviy axborot vositalari vakillari — jurnalistlar, blogerlar, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, huquqiy madaniyatni oshirish hamda ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha zarur tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Qo‘llanmaning asosiy maqsadi:

  • Davlat xizmatida ochiqlik, hisobdorlik va shaffoflik madaniyatini shakllantirish;

  • OAV bilan samarali axborot almashinuvi va hamkorlik yondashuvlarini targ‘ib qilish;

  • Davlat xizmatchilarining axloq qoidalari va axborot xavfsizligi talablariga rioya etishini ta’minlash;

  • Fuqarolar murojaatlariga tezkor va samarali munosabat bildirish mexanizmlarini kuchaytirishdir.

: / :