Nikoh va nikohdan ajralish

Nikoh va nikohdan ajralish

0
  • 0 izohlar
  • 544 marta ko‘rildi

Ko‘p yillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi qadimdan ota-bobolar anʼanalariga sodiq bo‘lgan holda axloq prinsiplariga asoslangan oilani mustahkamlash, ona va bolalar manfaatlarini har tomonlama muhofaza qilish va har qaysi bolaga baxtli bolalikni taʼminlash, kishilarda oila oldida maʼsul bo‘lish hissini tarbiyalash – nikoh va oila to‘g‘risidagi qonunchiligining muhim vazifalaridan biri hisoblangan.

O‘zbekistonda oilani mustahkamlashga, ѐsh avlodni jismoniy va ruhiy sog‘lom qilib tarbiyalashga katta ahamiyat berilmokda. Sunggi yillarda qonun, farmon va qarorlar qabul qilish yo‘li bilan amalga oshirilgan tadbirlar oilalarga, aѐllarga, ko‘p bolali va ѐlg‘iz otalarga, maktab bolalari va talabalarga davlat tomonidan berilgan moddiy va maʼnaviy ѐrdamlar sog‘lom avlodni tarbiyalash uchun zamin tayѐrlamoqda.

Oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishdan asosiy maqsad oilaning mustahkam bo‘lishidan, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muxabbat, ishonch, xurmat va hamjixatlik zamirida, barcha aʼzolarining maʼsulligi hissi asosida ko‘rishdan iborat.

Oila qonunlarining muhim vazifalaridan va maqsadlaridan biri – fuqarolarning oila oldidagi o‘z maʼsuliyatlarini his qilish ruhida tarbiyalashdan iborat. Bu vazifa va maqsadni amalga oshirishda boshqa faktlar bilan birga er va xotin, ota-onalar bilan bolalar hamda boshqa karindosh-urug‘lar o‘rtasidagi qonun bilan belgilangan majburiyatlar va ularni bekami qo‘z bajarish muhim o‘rin egallaydi.

Kitoblar sarlavhasi Nikoh va nikohdan ajralish
Muallif G.S.Inomjonova
Qaysi tilda O‘zbek tilida
Qo‘shilgan sana 14.09.2023
Chop etilgan yili 2018
Sahifalar soni 97
Hajmi 0
Reyting 0
Janrlar

Oila huquqi

    Hech nima topilmadi.
: / :